"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Til –ulug‘ neʼmat va bebaho qadriyat” mavzusida maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Til –ulug‘ neʼmat va bebaho qadriyat” mavzusida maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tarkibidagi harbiy va ikki maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Til –ulug‘ neʼmat va bebaho qadriyat” mavzusida maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yuldashev, yozuvchi Maʼmura Zohidova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi xodimi, shoira Oygul Ubaydulla qizi hamda korxona xodimlari ishtirok etdilar.

Qozoqboy Yuldashev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonni juda qiziqarli tarixiy maʼlumotlar, bugungi kunda tilimizning nufuzi va mavqeyini oshirish yo‘lida yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, yaqin yillar ichida til jonkuyarlari, soha mutaxassislari va keng jamoatchilik tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan bir qancha vazifalar to‘g‘risida maʼruza qildi. Shoira Oygul Ubaydulla qizi o‘z ijodidagi sheʼrlaridan bir nechtasini o‘qib, tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi. Korxona ishchi xodimlari nomidan so‘zga chiqqan Gulchehra Do‘stova Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon asarlaridan parchalar ijro qildi.

Yozuvchilar uyushmasi masʼullari tomonidan tadbir ishtirokchilariga “Adiblar hiyoboni”ning badiiy va meʼmoriy kompazitsiyasi to‘g‘risida batafsil maʼlumot berilib, bog‘ ichra sayr tashkil etildi.

22.10.2021 495