"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda


Belgilangan rejaga asosan Qorako‘l tumanining markaziy ko‘chalarida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qorako‘l tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida tadbirkorlarga yangilangan “Reklama tili” moddasiga ko‘ra, avvalgidek, ro‘yxatdan o‘tgan mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari hamda logotiplar asl tilda ko‘rsatilishi mumkin ekanligi, reklamaning o‘zi davlat tilida tarqatilishi shartligi tushuntirildi.



Yangi tahrirda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47 - moddasiga asosan ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi yoki reklama qilinishi qonunchilikda taqiqlangan yoki cheklangan mahsulot to‘g‘risida reklama tarqatganlik — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘lishi haqida ogohlantirildi.

01.11.2023 336