"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Hazrati Sulton ota cho‘qqisidagi peshlavha yozuvi nazoratga olindi va isloh qilindi

Hazrati Sulton ota cho‘qqisidagi peshlavha yozuvi nazoratga olindi va isloh qilindi


Ruminiyaning O‘zbekistondagi elchisi Daniyel Kristiak Chobanu mamlakatimiz aholisini mustaqillik bayrami bilan Hazrati Sulton ota cho‘qqisidan turib o‘zbek tilida tabriklagan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Kun.uz muxbiri Ilyos Safarov sahifasida elchining orqasidagi peshlavha yozuvi xorijiy (rus) tilda yoritilganligi muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.


Shundan so‘ng bu masala Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qashqadaryo viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi va isloh qilindi.

Cho‘qqidagi noqulay ob-havo tufayli mazkur masalani hal qilish bir oz kechikkanligini ma’lum qilamiz.

Ushbu masalaga jamoatchilik e'tiborini qaratgan Kun.uz muxbiri Ilyos Safarovga hamda yordam qo‘lini cho‘zgan barcha mutasaddilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

22.09.2022 394