"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Yangi kitoblar taqdimoti


Joriy yilning 10-yanvar kuni Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida “Ona tilim – mangu makonim”, “Davlat tilida ish yuritish”, “O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati” nomli kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Taqdimot Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, FA va Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.


Tadbirda Qo‘mita va jamg‘arma mutasaddi xodimlari, yurtimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar raislari va faollari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

“O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati” birinchi nashri bo‘lib, ilmiy va ko‘pgina mashhur olimlarning fikrlari ham inobatga olingan holda tuzilgan.


Mazkur lug‘at nihoyatda boy ma’lumotlarga ega bo‘lib, mukammal tarixiy asarlar asosida jamlangan. Lug‘atda bunday yondashuv asosan o‘tmishdagi joy nomlarini aniqlash va belgilab olish hamda kelgusida shu sohada ilmiy tadqiqot olib boruvchi izlanuvchilar uchun zamin hozirlash, eng asosiysi, yoshlarga ushbu nomlarning ma’nolarini bekam-u ko‘st yetkazish maqsadi qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mas'ul xodimi Guljamol To‘ychiyeva “Davlat tilida ish yuritish” kitobi to‘g‘risida ma’ruza qildi.


“Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmaning 2022-yilgi nashri o‘zbek-kirill yozuvidagi to‘ldirilgan, takomillashtirilgan 9-nashri asosida tayyorlangan. Ayniqsa, ushbu nashrning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tili alifbosiga asoslangan nashri 2023-yil barcha vazirlik va idoralarda ish yuritishda muhim o‘rin egallashi shubhasiz.

Filologiya fanlari doktori Abror Murtozayev “Ona tilim – mangu makonim” kitobi to‘g‘risidagi ma’ruzasida faqat o‘zbek/ona tili to‘g‘risida vasf etilgan she’rlardan tashkil topgan bo‘lib, unda Alisher Navoiy, Mihammadrizo Ogahiy, Abdulla Avloniy, Avaz O‘tar, Elbek, Botu, Mirtemir, Shuhrat, Erkin Vohidov, Jamol Kamol, Abdulla Oripov, Halima Xudoyberdiyeva, Xurshid Davron, Muhammad Yusuf, Sirojiddin Sayyid, Iqbol Mirzo va boshqa ko‘pgina shoirlarning she’rlaridan jamlangan.


Ushbu ona tilga bag‘ishlangan to‘plam, ayniqsa, ona tiliga bag‘ishlab she’r yozuvchi yoshlarga va barcha she’riyatga qiziquvchlarga mo‘ljallangan.

“Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati” alifbo tartibida joylashtirilgan 10 000 ga yaqin atamani o‘z ichiga oladi. Unda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi atamalar, ularning ta’riflari hamda shu atamalarning ingliz va rus tilidagi muqobillari keltirilgan.

Mazkur lug‘atdan axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar, tegishli ixtisoslikdagi talabalar va aspirantlar, shuningdek, AKT ga qiziquvchilarning keng ommasi foydalanishlari mumkin.


Tajbirda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi xodimi Sherzod Karimjonov, O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi raisi Serikbay Usenov, Respublika tojik milliy madniy markazi rais o‘rinbosari Nasiba Zayniddinovalar ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. 


 

11.01.2023 304