"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • O‘zbek tilida milliylik va til jozibasini saqlab qolish muammolari muhokama qilindi

O‘zbek tilida milliylik va til jozibasini saqlab qolish muammolari muhokama qilindi

Samarqand davlat universitetida “XXI asr o‘zbek uslubshunosligining dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda o‘zbek tili uslubshunosligida milliylik va til jozibasini saqlab qolish, yangi yuzaga kelayotgan uslublar holatini o‘rganish muammolari muhokama qilindi. bugungi kunda ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, shiddat bilan rivojlanayotgan iqtisodiyot, turizm va boshqa sohalar uchun bu juda muhimdir.

Konferensiyaning sho‘’ba majlislarida ushbu masalalar bo‘yicha tilshunos olimlarning ma’ruzalari tinglandi, taqdimotlar qilindi.

– Samarqand tilshunoslik maktabida uslubshunoslik bo‘yicha o‘z davrida salmoqli tadqiqotlar amalga oshirilgan, – deydi o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori Suyun Karimov. – Ayni paytda, soha oldida hal qilish lozim bo‘lgan muammolar ko‘p. Anjumanda hozirgi zamon talabiga ko‘ra, internet uslubshunosligi bo‘yicha alohida muhokama maydoni tashkil etdik. Ushbu jarayonda nafaqat tilshunos olimlar, balki magistr va bakalavr talabalar ham ishtirok etishi ahamiyatlidir. Chunki fanning bugungi va kelajakda rivojlanishida ularning muhim o‘rni bor.

– Mazkur tadbirdan o‘zim uchun juda ko‘p ma’lumot oldim, – deydi filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Mashhura Kamolova. – Xususan, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudovning uslubshunoslik muammolari haqidagi fikrlari menda qiziqish uyg‘otdi. Endi bu yo‘nalishni batafsil o‘rganish niyatidaman. Har qanday kasb egasi tilimiz uslubi, uning nozik jilvalari va jozibasidan unumli foydalanishi zarur. Bu yuzasidan ham konferensiyada fikr va mulohazalar almashildi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati

03.11.2021 422