"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • O‘zTTSA Davlat nazorati Departamenti Mashinasozlik va metallurgiya sektori boshlig‘i hamda Maʼnaviyat va o‘zbek tilida ish yuritish bo‘yicha masʼul S.Shukurova Buxoro viloyati hududiy bo‘limida bo‘ldi

O‘zTTSA Davlat nazorati Departamenti Mashinasozlik va metallurgiya sektori boshlig‘i hamda Maʼnaviyat va o‘zbek tilida ish yuritish bo‘yicha masʼul S.Shukurova Buxoro viloyati hududiy bo‘limida bo‘ldi

Maʼnaviyat xonasidagi kutubxonada o‘zbek tilida ish yuritish kitoblari mavjud bo‘lib, undan Departament mutaxassislari doimiy ravishda foydalanib kelishadi.

Tadbir davomida UzMMI laboratoriyalari bilan tanishib o‘tildi va undagi o‘zbek tili lotin alifbosiga asoslanib ish yuritilganligini o‘rganib chiqildi va imlo qoidalari davlat tilida ish yuritishni o‘rganish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Til bayrami nishonlanishi munosabati bilan "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi va  “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning “ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqidagi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi maʼlumot isteʼmolchiga davlat tilida taqdim etiladi” deb belgilangan tegishli moddalari mazmun-mohiyati yuzasidan ham tushuntirish ishlari olib borildi.

18.10.2022 245