"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Xorijiy tilni oʻrganaman deb ona tilini unutish fojia — Narzulla Joʻrayev


    “Barcha oʻz oldiga katta maqsadlar qoʻyishi kerak. Unga erishish yoki erishmaslik ikkinchi masala. Maqsadni amalga oshirish uchun bilim va qunt talab etiladi. Albatta, gʻovlar boʻladi, qiyinchiliklar boʻladi, mashaqqat boʻladi. Biroq ularga chidab, olgʻa intilish katta marralarni zabt etish yoʻlida poydevor boʻladi. 

 

    Bugungi kun yoshlari uchun eng katta maqsad nima? Talaba boʻlish, menimcha. Shuni unutmangki, harakat ilk urinishdayoq meva bermasligi mumkin. Men ham oʻqishga kechroq kirganman. Lekin koʻrib turibsiz ozmi-koʻpmi muvaffaqiyatga erishdim.

 

    Bir yaqinim “taqdirimga tosh kelsa ham oʻqish bilan kemiraman”, derdi. U hozir yirik davlat arbobi. Demak bilim barcha qiyinchiliklarni yengib oʻtish mumkin. 

 

    Toʻgʻri, nasihat qilish oson. Shu sabab men hech kimga nasihat qilmayman,. Sababi hech bir maqsadga nasihat bilan erishib boʻlmaydi. Lekin maʼrifatli odam uchun bu qiyin emas. Ammo hozirgi davrda bizning eng katta kamchiligimiz maʼrifatning yetishmasligi. Bu muammolar hozircha kattalar, bizlarda bilinadi. 

 

    Bilasizmi, mening ham armonim bor. Oʻzbek tilidan boshqa tilni bilmasligim bu mening armonimdir. Yoshligimda, boʻsh vaqtim borligida til oʻrganmaganim mening nuqsonim. Mana sizlarda imkoniyatlar yetarlicha, bir vaqtning oʻzida bir necha tilni oʻrganish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bundan foydalanib, bir emas bir nechta xorijiy tilni oʻrganish lozim. Lekin xorijiy tilni oʻrganaman deb, ona tilini unutish bu fojia”


Siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Joʻrayev ona tilini unutmaslik lozimligi haqida.

06.06.2023 148