"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Viloyatlardagi Taqdimot tadbirlari davom etmoqda

    Lug‘atshunos olim yurtida lug‘atlar kitobi majmuasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

    Ona tilidan betakror mo‘jiza yo‘q.  Namangan viloyati Is’hoqxon Ibrat yurti  To‘raqo‘rg‘on tumani madaniyat markazida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati”, “O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati”,  “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati” kitoblarining taqdimot marosimida bu ibora o‘rinli qo‘llanildi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Namangan viloyati hokimligi bilan hamkorlikda taqdimot tadbiri o‘tkazildi.

    Tadbirni viloyat Yozuvchilar uyushmasi raisi, shoir Ziyovuddin Mansurov olib bordi.

    Ishtirokchilarga dastlab “Alifbo tartibidagi olam” – “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning yaratilishi haqida qisqa videorolik film namoyish etildi.

    

    

    O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi vakillari Guljamol To‘ychiyeva, Dilrabo Yusufova va Fanlar akademiyasi xodimi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Zohida Muqimova, NamDU professori Nosirjon Uluqov, shoir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sodiq Sayhunlar o‘z chiqishlarida o‘zbek tilining jamiyat rivojida beqiyos o‘rni, uni hurmat qilish va e’zozlash haqida fikrlar bildirdilar. Lug‘atlar majmuasi o‘zbek tilini o‘rganishga va boy madaniyatimiz, an’anamiz, tariximizni targ‘ib qilish, unga qiziqishni oshirish uchun qo‘shimcha vosita bo‘lib xizmat qiladi.


    Viloyat hokimining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Iroda Qo‘chqorova mazkur lug‘atlar to‘plami barcha uchun beqiyos manba bo‘lib xizmat qilishini e’tirof etdi.

27.11.2023 344