"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Navoiy viloyat Kengashining navbatdan tashqari 44-sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 26-dekabr kuni xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining navbatdan tashqari 44-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibida bir qator muhim masalalar, xususan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarorining ijrosi ko‘rib chiqildi.

Masala yuzasidan Navoiy viloyati hokimining maslahatchisi Qobil Astonovning axboroti eshitilib, barcha hokimliklar, tashkilot va korxona rahbarlariga 2023-yil 1-yanvardan boshlab tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlar ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Qaror ijrosiga taalluqli boshqa masalalar Sessiya qaror loyihasiga kiritilib, Kengash raisi tomonidan tasdiqlandi va ijroga yo‘naltirildi. 

27.12.2022 238