"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • "Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi

"Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Kuni kecha poytaxtimizdagi “Toshkent International” mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ilgʻor natijalarga erishgan soha mutaxassislari hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti A.Qirgʻizboyev ishtirok etdi.


Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi, BMTning Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqi hamkorligida tashkillashtirildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi direktori Ulugʻbek Muhammadiyev Vatanimiz mustaqilligiga 30 yil toʻlishi munosabati bilan tadbir ishtirokchilarini qutladi. 


Tadbirda ilgʻor natijalarga erishgan soha mutaxassislari hamda davlat xizmatlaridan foydalangan “30 millioninchi mijoz”, hamkor tashkilotlar tantanali ravishda taqdirlandi.

09.09.2021 581