"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Toshkent shahrida "Davlat tili haqida"gi Qonun ijrosini ta'milash ishlari olib borilmoqda

Toshkent shahrida "Davlat tili haqida"gi Qonun ijrosini ta'milash ishlari olib borilmoqda

Jamiyatning asosiy tayanchi bo‘lgan ona tilimizning mustahkam poydevori maktablarda qo‘yiladi. Shu maqsadda Toshkentning Yashnobod va Yunusobod tumanlarida faoliyat yuritayotgan bir qator tashkilot, ta'lim muassasalarida Davlat tili me'yor qoidalariga amal qilinishi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi. 

Toshkent shahar hokimi maslahatchisi A. Ro‘zitoyev, Yashnobod tuman hokimi maslahatchisi O. Bekmurodova, tuman XTB vakili M. Aminjonova tumandagi 198, 149, 152, 69-sonli maktablar peshtoqidagi peshlavhalar, shiorlar, hikmatli lavhalarning bexato va Davlat tilida mavjud qonun normalariga muvofiq yozilishini ko‘zdan kechirdi. 

Aniqlangan ju'ziy xato va kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuni unutmaslik kerakki, faqat o‘zbek tiliga to‘laqonli yondashuv orqali mavjud vaziyatni o‘zgartirish mumkin va bu jarayonda maktablar asosiy o‘rin tutadi.

- “Eng muhimi, respublikadagi barcha maktab o‘qituvchilari va pedagoglarni Davlat tili normalariga muvofiq so‘zlash va yozishga undashdir. Maktablarimiz - davlat tilining lokomotiviga aylanishi kerak” - dedi Toshkent shahar hokimi maslahatchisi Akmal Ro‘zitoev.

Huddi shu kabi amaliy ishlar poytaxtning Yunusobod tumanida ham tashkil etilmoqda. Tuman hokimining maslahatchisi A. Maxkamov va Toshkent shahar Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi mas'ul xodimlari B. Tashmuhamedov va M. Jumaniyozov hamkorligida Kichik Halqa yo‘li ko‘chasining Yunusobod tumanida joylashgan qismi, Bodomzor yo‘li, Iftixor, Chinobod ko‘chalarida joylashgan 100 ga yaqin reklama shitlari o‘rganildi. 

Ishchi guruh tomnonidan A. Qodiriy ko‘chasining Yunusobod qismi, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasining Yunusobod qismi va Usta Shirin ko‘chalarida joylashgan reklama shitlari, peshlavhalar, e'lon va afishalar xatlovdan o‘tkazildi. 

Ish jarayonida OOO “Shifo nur” ko‘p tarmoqli tibbiy markazi, OOO “Regal Globe Servise” va YYT “J. Karimov”,  "Logistic Green Trans" va "Shopar delivery" MChJ rahbariyati bilan tushuntirish va ogohlantirish ishlari olib borildi. 

Mas'ul rahbarlarga reklamalardagi imloviy xatolarni tartibga keltirishlari, xorijiy tillarda yozilgan matnlarni Davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga muvofiq tashkil etishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Targ‘ibot-nazorat tadbirlari davom etmoqda.


13.06.2020 2690