"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Davlat tili qonun bilan himoya qilinadigan timsollardan biridir

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun loyihasining 14-moddasida O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish davlat tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib borilishi, sud ishlari olib borayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish hujjatlari bilan to‘la tanishish va sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta'minlanishini, sud ishlarini yuritishda tilni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, iqtisodiy-protsessual va ma'muriy sud ishlarini yuritish sohasidagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinishi belgilangan.

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudi binosida sud raisi F.Qahhorov, tuman hokimi maslahatchisi Z.Ergashevalar rahbarligida seminar tashkil etildi.

Seminarda Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Shuhrat Mahmudov, Iqtisodiy sudi sudyalari Dilshod Choriyev, Farrux Murodov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari J. Aslonov hamda XTBga qarashli maktablarning o‘zbek tili va adabiyoti uslub birlashma rahbarlari ishtirok etishdi.

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zbek tilining Davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirishdan iboratdir. 21-oktabr "O‘zbek tili bayrami kuni"ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan ham hamkorlikdagi rejalar belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida "O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili o‘zbek tilidir" deb belgilab berilgan. Shunday ekan, Qonun bilan himoya qilingan timsollarimizdan biri bo‘lgan o‘zbek tilimizni kelgusi avlodga aslicha yetkazishda barchamiz mas'ulmiz!


Buxoro tuman hokimligi axborot xizmati

14.09.2021 540