"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Maqolalar
  • O‘zbekistonlik talaba koreys o‘quvchilari uchun o‘zbek tili darsligini yaratdi

O‘zbekistonlik talaba koreys o‘quvchilari uchun o‘zbek tili darsligini yaratdi

Koreya Respublikasining Hankuk xorijiy tillar universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba Dilshodjon Akbarov koreys o‘quvchilari uchun o‘zbek tili darsligini yaratdi. Nashrdan chiqqan mazkur kitob tilimiz tarixida o‘zbek muallifi tomonidan koreys tilida yozilgan birinchi darslikdir.

- Ancha yillar oldin koreys tilini birinchi marotaba o‘rganayotganimda o‘zim o‘qiyotgan darsliklarni ko‘rib, xayolimdan «Qachonlardir o‘zbek tilini ham chet ellarda o‘rganisharmikan? O‘zbek tilini o‘rgatuvchi darsliklar ham chop etilarmikan?» degan o‘ylar o‘tgani haligacha yodimda,-deydi Dilshodjon.

Bugun o‘zbek tili hamda o‘zbekistonshunoslik jahonning bir qancha yetakchi oliy o‘quv yurtlarida, shuningdek, Moskva sharqshunoslik instituti, AQSHdagi Indiana universiteti, Italiyadagi Rim chet tillari akademiyasi turkiy tillar tadqiqot institutida hamda Hankuk chet tillari universiteti Markaziy Osiyo fanlari fakulteti O‘zbek tili kafedrasida o‘rgatilib kelinmoqda.

- Kamina yozgan o‘zbek tili darsligi buyuk o‘zbek xalqi tili va madaniyatini dunyoga yanada tanitishda kichik bo‘lsa-da hissa qo‘shadi, degan umiddaman, -deb qayd etadi D. Akbarov.

Ta’kidlash kerakki, bu yil O‘zbekiston va Koreya Respublikalari o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligiga 25 yil to‘ldi. Ushbu munosabat bilan taqdim etilgan mazkur darslik o‘quvchilar uchun ajoyib tuhfa bo‘ldi, shuningdek ikki xalq o‘rtasida do‘stlik aloqalari yanada rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

13.07.2021 609