- Bosh sahifa
- Maqolalar
- Jarayon
Jarayon
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to'liq o'tishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida” gi 61-sonli qarori ijrosini ta’minlash ishlari olib borilmoqda.
Shu maqsadda Ohangaron shahar hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nilufar Mirzayeva tomonidan shahardagi noqonuniy o‘rnatilgan reklamalar hamda imloviy kamchilik bilan yozilgan peshlavha va axborot mantlarini o‘rganib, bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.
06.03.2023
46