"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Abdulla Qahhor o‘gitlari

* * *

Xalqning qalbiga uzoqdan qo‘l solib bo‘lmaydi, qo‘l solish uchun uning oldiga borish kerak.

* * *

Men o‘z yurtimda musofir itday dumimni qisib yurishni xohlamayman.

* * *

Yurtdan chiqish tiriklay go‘rga kirish degan so‘zdir.

* * *

Biz xatolarni qancha tez tuzatsak, o‘tmish madaniyatimiz uchun ham, kelgusi taraqqiyotimiz uchun ham shunchalik katta savob ish qilgan bo‘lamiz.

* * *

Tilini tishlab olgan odam tishini sug‘urib tashlamaydi.

* * *

Gapni tonnalab olingu grammlab soting.

* * *

Bitta go‘l poraxo‘rni tutishdan ko‘ra yigirmata uchar o‘g‘rini tutish osonroq. O‘g‘ri urgan kishi: «dod, o‘g‘rini ushla» deydi, pora bergan kishi: «dod, poraxo‘rni ushla!», — demaydi.

* * *

Biror orzusi bo‘lmagan, biror narsaga intilmagan odamning mushukdan nima farqi bor!

* * *

Rostini bilaturib, yolg‘on gapirgan odamning gunohini kechirib bo‘lmaydi.

* * *

Ko‘pso‘zlilik yolg‘onning yuzini pardozlash uchun kerak. Haqiqat shunday jononki, pardoz uning husnini buzadi.

* * *

Sukut — tanqidning bir turi.

* * *

Yo‘lovchi har bir hurgan itning ketidan quvaversa, manzilga qachon yetadi?

* * *

Kishan oltin bo‘lsa ham har qalay kishan!

* * *

Ovchiga xizmat qilishdan faqat it lazzat topadi.


oyina.uz

17.09.2021 675