"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“Men yaralishimdayoq insonparast edim”

– Vatanim  meni  suymas  ekanmen  uni  sevganligimdanulusim  meni  tanimas   ekanmen  uni  taniganligimdanVatan  ustida  bolayotgan  tarixiy  ozgarishlarni  va  ham  buning  kelajakdagi  yaxshi-yomon  natijalarini  korsatibVatan  bolalariga  ulgu  (namunabolgudekboshqalar  bundan  ibrat  olgudek  tarixiy  bir  asar  yozishga  kirishdimBiroq,  men yolg‘izgina islomparast emas edim, balki yaralishimdayoq insonparast edim. Xalqqa qaysi yo‘lliq yaxshilik qila olgayman deb, yoshlik-yigitlik davrlarimni g‘am-g‘ussa kunlari bilan o‘tkazdim.

 – Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq, insoniy huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar.

 – Dunyoda kim yaxshilik ko‘rsa, o‘zining yaxshi mehnati sabablik Allohdin bo‘lur, agar yomonliq ko‘rar ekan, albatta, uni o‘zidan bilsin, o‘zidan ko‘rsin.

 – Iymonlik kishilarga har vaqt ulug‘ davlat nasib bo‘lg‘usidir.

– Bir  millat  o‘z  hayotiy  huquqlarini  kerakli  sharoiti  bilan  qo‘lga  keltirishi  uchun,  u   millatning  oliy  himmat  o‘gillari  fidoyilarcha  mol-jonini  ayamay,  bu  yo‘lda  har  qancha  qiyinchilik chiqar ekan unga qarshi ko‘krak kerib, chidamliq bilan ish olib borar ekanlar, ana  shundagina  haqiqatni  yuzaga  chiqarib,  o‘z  maqsadlariga  erisha  oladilar.  Himmati  o‘zidan oshmagan olimlarning butun qilgan harakatlari hayvonlarcha qorin to‘yg‘azishgagina bog‘langan bo‘lib, ular irodasiz, inson suratlik janivorlardir. O‘z tillarini unutib,  muqaddas  dinlarini  hammadan  ilgari  tashlagan  holda,  ular  ilon  og‘ziga  kelgan  quyondek yutilishga yaqin turadilar.

 – Endi  dushmanga  yutilishdan  saqlanishning  eng  kuchlik  quroli  esa,  shu  ikki  narsadan  iborat:  birinchisi  diniy  ixlos,  ikkinchisi  milliy  hisdir.  Qaysi  millat  bu  hislarga  halal  yetkizmay  yaxshi  saqlar  ekanlar,  unday  millat  dushman  tomonidan  yutilib  ketilishi  mumkin  emasdir.

– Endi bu hissiyotimizni doimiy ravishda saqlab qolishimiz uchun, zarur  tillarni  o‘zlashtirganimiz  ustiga,  o‘z  ona  tilimizga  qattiq  ahamiyat  berib,  milliy  adabiyotimizni  yuqori  ko‘tarib,  ilm  va  madaniyat  tillari  darajasiga  yetkazishimiz lozim. Mana shundagina bizlar oldimizda og‘iz ochib tayyorlanib yotgan qizil ajdarhoning yutishidan o‘zimizni saqlay olamiz. Til-adabiyotimiz qanchalik o‘sib, taraqqiy topar ekan, ilm ma’rifat ham shunchalik kengayaveradi.

– Hozirgi  o‘qimishlik,  tushungan  Vatan  bolalarimiz,  agar  milliy  hislik  bo‘lmas  ekanlar,  ulardan  bizga,  ya’ni  o‘z  xalqiga  foyda  yetishi  hech  vaqt  mumkin  emasdir.  Balki  bolta  sopini o‘zimizdan chiqargan yov qo‘lida tub ildizimiz bilan kesib quritishga qurol bo‘ladilar.  U  holda  esa  o‘zlaridan  umid  etilgan  vatan  o‘g‘illarining  qo‘llari  bilan  vatan  ahllarini  ko‘mishga  chuqur  qaziladi  demakdir.

 

 “Turkiston qayg‘usi” kitobidan


oyina.uz saytidan olindi

30.11.2021 457