"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Mahalla bilan hamkorlik yo'lida

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan uning tizim tashkilotlari hisoblangan O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti, “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi, Texnik jihatdan tartibga  solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti hududiy filiallarida maʼanviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar monitoringi amalga oshirildi. Shunday monitoring tizimi tashkilotlarning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazildi.

Monitoring jarayonida har bir viloyat hududiy filialining alohida namuna bo‘ladigan jihati ko‘rsatilib, boshqa filiallarda amalga oshirilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi. Masalan, tizim tashkilotlarining Toshkent viloyati Chirchiq shahar hududiy  filiali shahardagi uchta umumiy o‘rta ta’lim maktabini otaliqqa olgan va ushbu maktab bilan har tomonlama hamkorlik o‘rnatgan. Samarqand filiali esa viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatib, talabalar bilan ishlab chiqarish amaliyotini o‘tishlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashda laboratoriyalardan foydalanishni yo‘lga qo‘ygan.    

Shuningdek, Аgentlik tizim tashkilotlarining Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududiy filiallari tashkilot joylashgan hududdagi mahallalar bilan ham yaqindan hamkorlik o‘rnatganligi bilan boshqa filiallarga namuna vazifasini o‘taydi.  

Binobarin, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda O‘zbekistonda ilk marotaba nishonlangan Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan yo‘llagan tabrigida “Biz mahalla deganda, dunyoda kamdan kam uchraydigan, insonni jamiyat bilan uyg‘un  bo‘lib yashashga o‘rgatib, bag‘rikenglik ruhida tarbiyalaydigan, xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik vazifasini bajaradigan noyob tuzilmani tushunamiz.  Аyni paytda yurtimizda yashayotgan har bir inson millati, tili va dinidan qatʼi nazar, o‘z hayotini, quvonch-u tashvishlarini mahalladan ayri holda tasavvur eta olmaydi”, deb alohida taʼkidlagan edi.


Darhaqiqat, mahalla tizimi jamiyatimizning eng muhim va tayanch bo‘g‘ini hisoblanadi. Mahalla bilan hamkorlik esa jamoada insoniy fazilatlar, ahllik va hamjihatlikni yanada rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi. Bu borada agentlikning Qashqadaryo viloyati hududiy filiallari tashkilot joylashgan Qumqo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘ini bilan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini amaliyotga joriy etish, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va osoyishtalikni taʼminlash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, hududni obodonlashtirish kabi masalalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Ana shunday hamkorlik samarasi o‘laroq Аgentlik tizim tashkilolarining Qashqadaryo viloyati hududiy filialida 5 muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan yoshlar tarbiyasi, ularning maʼnaviyatini yuksaltirishga oid maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Qarshi shahar mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash markazi boshlig‘i o‘rinbosari S.Nasimov filiallar tomonidan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan faoliyatdan mahalla aholisi hamda yoshlar mamnun ekanliklari, mahalla – asrlar osha milliy urf-odat va anʼanalarimizni bezavol saqlab, xalqimiz uchun ezgulik va tarbiya beshigi, yaxshi qo‘shnichilik va hamjihatlik maskani bo‘lib kelayotganligini alohida taʼkidladi.

Mamlakatimizda koronavirus epidemiyasiga qarshi o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ko‘plab hududlar bu xavfdan saqlab qolindi. Davlatimiz rahbari ham bu jarayonda yirik korxonalar, ularning joylardagi tarkibiy bo‘linmalari, fermerlar va klaster xo‘jaliklari ham ixtiyoriy qatnashishi muhim ekanligini bir necha marta ta‘kidlagan holda, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini o‘tkazish tashabbusi davlatimiz va xalqimiz qudratining amaliy namunasiga aylanishiga sabab bo‘ldi.  

Аgentlik tizim tashkilotlarining Surxondaryo viloyati filiali ham bu borada jonbozlik ko‘rsatganligi,  amaliy ko‘mak berish orqali eʼtibordan chetda qolib, yolgʼizlikdan qiynalayotganlarga mehr-muruvvat, saxovat qo‘llarini cho‘zib, bemorlar holidan xabar olgani, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan hamda kam taʼminlangan oilalarga amaliy ko‘mak bergani, obodonlashtirish va tozalash ishlarida munosib ishtirok etayotganligi xususida “Shifokor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari Muhabbat Shodmonova to‘lqinlanib gapirdi.

Shuningdek, mamlakatimizda umumilliy harakatga aylanib ulgurgan “Yashil makon” loyihasida ham filiallar faol ishtirok etib kelishmoqda. Umummilliy loyiha ishtirokchilari qatorida Milliy metrologiya instituti Surxondaryo viloyati filiali xodimlari ham bo‘lib, ular tomonidan 110 tup daraxt ko‘chatlari o‘qazildi.

Аgentlik Bosh direktori maslahatchisi mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan ham uchrashib, bugungi kunda hududlarda olib borilayotgan ishlar, belgilangan vazifalardan ko‘zlangan maqsad bitta: u ham bo‘lsa, fuqarolar uchun munosib turmush sharoitini yaratish, xalqimizning tinch va osuda, farovon, hayot kechirishini taʼminlashdan iboratligini alohida taʼkidladi.  

Shuningdek, filiallar tomonidan mahallabay ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, filial mutaxassislari tomonidan mahallalarda joylashgan yirik savdo markazlariga ularning ish jarayonida uzluksiz yordam berish va fuqarolarga sifatli o‘lchashlarni taʼminlash maqsadida savdo markazlarining joyida qiyoslash ishlari olib borildi.

Bir so‘z bilan aytganda, Аgentlik filiallari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar xalq manfaatlari va yosh avlod kelajagi uchun xizmat qiladi.

 

 

                                                                                                                            Naibaxon Mamadalieva

                                                                                                                        Bosh direktor maslahatchisi,

                                                                                                                            filologiya fanlari doktori

11.01.2022 452