"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Maqolalar
  • “Davlat tilida ish yuritish” qo‘llanmasi qoraqalpoq tilida chop etildi

“Davlat tilida ish yuritish” qo‘llanmasi qoraqalpoq tilida chop etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5850-son, PF-6084-son Farmonlarining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining 135-sonli va 410-sonli Qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining buyurtmasiga binoan tajribali professor-o‘qituvchilar jamoasi tomonidan qoraqalpoq tilida tayyorlangan “Mámleketlik tilde is júrgiziw” (davlat tilida ish yuritish) amaliy qo‘llanmasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan Toshkent shahrida 1000 nusxada chop etildi.

Ushbu qo‘llanmada tashkilot va muassasalarning ish yuritish faoliyatida ko‘p qo‘llaniladigan hujjatlar, ularni tuzish tartib-qoidalari masalalariga to‘xtab o‘tilgan, ularga doir namunalar ko‘rsatilgan, ish yuritishga oid lug‘at berilgan. Qo‘llanma, birinchi navbatda, tashkilotlar rahbarlari va xodimlariga, boshqaruv faoliyatida bevosita hujjat ustida ishlovchilar, kotib-referentlar, kadr xizmati xodimlariga mo‘ljallangan, shuningdek, undan hisobchilar, adliya maslahatchilari, auditor, menejerlar ham foydalanishlari mumkin.   

Qo‘llanma M.Aminov, A.Madvaliev, N.Mahkamov, N.Mahmudov, Y.Odilovlar tomonidan tuzilgan «Davlat tilida ish yuritish» (2021) amaliy qo‘llanmasini va M.Dаwletov, Sh.Abdinazimovlarning «Qaraqalpaq tiliniń orfografiyalıq sózligi» (2020) imlo lug‘atini boshchilikka olib ishlab chiqilgan.

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti

13.01.2022 626