"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

YURIDIK TIL MILLIY ADABIY TILNING AJRALMAS TARKIBIY QISMIDIR

 Yuridik til-ko‘p ming yillik taraqqiyot va ko‘p avlodlar tajribasi mahsuli.U insoniyatning asrlar davomida to‘plagan huquqiy bilim va tafakkurini o‘zida saqlagan holda rivojlanib bormoqda. 

       Yuridik til-milliy adabiy tilning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, uning maxsus toifasini ajratadigan qator ma'no, gap qurilishi va boshqa xususiyatlarini qamrab oladi. 

Yuridik tilning qadr-qimmati, uning nafosati, xususan, qat'iylik, mantiqiylik, qisqalik, to‘g‘ri va aniq ifoda etish tamoyillarini o‘zida mujassam etgan uslub ekanida namoyon bo‘ladi.Yuridik til har bir fuqaro qonunlarda bayon etilgan o‘z huquqlari va majburiyatlarini to‘la anglab olishi uchun sodda va tushunarli bo‘lishi kerak.Yuridik tilning tushunarli bo‘lishi har qanday fuqaro uchun huquq, qonun va tilga bo‘gan hurmatini oshiradi, shu bilan birga huquqiy normalarga rioya etish intizomiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.Umuman tilni qo‘llash va u haqdagi bilim sohasi yuridik faoliyatda juda muhimdir. 

"Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun o‘zbek huquqiy atamalari rivoji uchun qulay sharoit yaratadi. O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi, o‘zbek yuridik atamalarining ilmiy ishlab chiqilishiga katta e'tibor berilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-o‘zbek yuridik atamalarining asosiy manbai bo‘lib, tilining aniqligi, lo‘ndaligi, to‘g‘riligi bilan ajralib turadi va yuridik til o‘lchovining namunasi hisoblanadi. 

Xulosa o‘rnida shuni ta'kidlash joizki, Davlat tili - eng avvalo, muayyan davlat Konstitutsiyasi tilidir. Unga rioya etish, o‘zbek tilining nufuzi va mavqeini oshirish har birimizning fuqarolik burchimizdir.

 

     Z. ERGASHEVA 

Buxoro tuman hokimi maslahatchisi

15.08.2022 1372