- Bosh sahifa
- Maqolalar
- TILGA E’TIBOR – KELAJAKKA E’TIBOR
TILGA E’TIBOR – KELAJAKKA E’TIBOR
Hazrat Alisher Navoiyning
“Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz” degan hikmatida olam-olam ma’no bor. Har bir
millatning birinchi ramzi uning tilidir.
Til yashasa, millat ham barhayot bo‘ladi.
O‘z ona tilini mukammal bilgan
inson boshqa tillarni ham tez o‘rganadi. Tilning rang-barangligi, jozibasini his
etadi. Bu borada o‘zbek tili, shubhasiz, dunyo tillari ichida so‘zlarga boyligi,
o‘ziga xosligi, asrlar osha sayqal topib borayotgani bilan alohida ajralib turadi.
E’tiborlisi, milliy zabonimizda so‘zlashuvchilar soni tobora
oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi
huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan.
Yurtimizda o‘zbek tiliga bo‘lgan
e’tibor keyingi yillarda yanada kuchaydi. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda
O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlanadigan bo‘ldi. Har bir tashkilot, korxona,
idoralarda davlat tiliga mas’ul bo‘lgan xodimlar faoliyat olib borishi ta’minlandi.
Xususan, kimyo sanoati vakillaridan biri bo‘lmish – Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi
“Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida ham davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik
hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yil may oyida korxonamizda “O‘zkimyosanoat”
AJ tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari
boshqaruv raislarining ma’naviyat va ma’rifat ishlari samaradorligini oshirish
va davlat tili qonunlariga rioya etish masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirokida
ikki kunlik sayyor seminar-trening tashkil etildi. Seminarda ishlab chiqilayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, buyruqlar
va boshqa ichki hujjatlarni davlat tilida to‘g‘ri tuzish bo‘yicha mashg‘ulotlar
o‘tkazilda, tadbir doirasida taniqli shoir Rustam Mirvohid
bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Iyun oyida 60 nafar ishchi-xodim
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi
Malaka oshirish markazi o‘qituvchilari ko‘magida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha
malaka oshirish o‘quv kurslarida o‘z bilimlarini mustahkamladi.
Mashg‘ulotlar yakunida kurs bitiruvchilariga sertifikatlar va “Davlat
tilida ish yuritish” uslubiy-amaliy qo‘llanmasi tantanali ravishda topshirildi.
Jamiyatga
tegishli hududda barcha tashqi yozuvlar, jumladan, peshlavhalar, e’lonlar, reklama
va ko‘rgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili
va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishi ta’minlandi.
Korxona kirib-chiqish
va markaziy maydonida mumtoz
kuy-qo‘shiq va maqomlar eshittirilishi tashkillashtirilgan. Shuningdek, korxonaga
kirish qismida 3x5 metr o‘lchamda elektron monitor o‘rnatilgan bo‘lib, yurtimizda
yuz berayotgan yangiliklar, korxona hayoti aks etgan yangiliklar lotin yozuviga
asoslangan o‘zbek alifbosida yoritib borilmoqda.
Korxona sex va bo‘limlaridagi “Ma’naviyat
va ma’rifat” xonalarini talab darajasida boyitish va bezatish ishlari davom etmoqda.
Shu yil davomida “Ammoniy sulfati va sulfat
kislota” ishlab chiqarishi, aloqa sexi, axborot-kommunikatsiya texnologiya
boshqarmasi, “Avtotransport” sexi “Ma’naviyat
va ma’rifat” xonalari lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosidagi g‘oyaviy-mafkuraviy,
ma’naviy-ma’rifiy mavzulardagi ko‘rgazmali
jihozlar bilan to‘ldirildi. Xonalardagi mavjud yozuvlar lotin alifbosiga
o‘zgartirildi, badiiy adabiyotlar bilan boyitildi.
Bir qator sexlar ma’rifat xonalari, ishlab chiqarish binolari, jamoat joylari Taraqqiyot
strategiyasiga oid ko‘rgazmali qurollar, shiorlar, banner-plakatlar bilan jihozlandi.
Barcha sex va bo‘limlarda
ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida
ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti to‘liq joriy qilindi.
Ishga yangi qabul qilinayotgan nomzodlar bilan davlat tilini bilish
yuzasidan suhbatlar o‘tkazib kelinmoqda.
“Til bor – millat
bor” shiori ostida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan har bir so‘z ma’nosining sharhi korxonaning ijtimoiy tarmoqdagi
sahifasida berib borilmoqda.
Korxona
“Biznes-reja”siga alohida band sifatida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davlat tilini
tatbiq etish jarayonlarini moliyalashtirishni nazarda tutgan manzilli pul mablag‘larini
ajratish kiritildi. Buyam bo‘lsa, tilimizga
har tomonlama e’tibor berilayotganidan dalolatdir.
Ikrom Kurbonaliyev,
“Maxam-Chirchiq” AJ boshqaruv raisi maslahatchisi.