- Bosh sahifa
- Maqolalar
- Mamlakatimizda davlat tilida ish yuritish va maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar hamda ularning amaliy natijalari
Mamlakatimizda davlat tilida ish yuritish va maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar hamda ularning amaliy natijalari
Mustaqillik
yillarida barcha sohalar kabi davlat tilida ish yuritish va maʼnaviy-maʼrifiy
ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning
intellektual va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha keng qamrovli
islohotlar amalga oshirilmoqda.
Barchamizga maʼlumki, 1989-yil 21-oktabrda
«O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilingan.
Ushbu Qonun bilan O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning
milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan desak
adashmagan bo‘lamiz.
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan ushbu
kun – 21-oktabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayram kuni” deb belgilandi.
O‘zbek tili O‘zbekiston degan o‘tmishi buyuk mamlakatning davlat tilidir.
Shunday ekan davlat tili ham har bir davlatning ramzi sanaladi.
Davlatimiz rahbarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti
oliy minbarida davlat tili – o‘zbek tilida nutq so‘zlagani yoki O‘zbekiston
delegasiyalarining xorijiy davlatlarga tashriflari, sportchilarimizning
erishgan munosib g‘alabalari sharafiga davlat tili – o‘zbek tilida madhiyamizni
yangrashi har birimizni g‘ururlantirmasdan qo‘ymaydi.
Yaqinda Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan
44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining yopilish marosimida yurtimiz sharafini
munosib himoya qilgan O‘zbekiston terma jamoasiga oltin medallarni
topshirilishi, o‘zbek bayrog‘ini eng yuqorida turishi hamda tarixiy g‘alaba
uchun o‘zbek madhiyasi yangragan paytda butun jahondan kelgan barcha marosim
ishtirokchilarning biz uchun o‘rinlaridan turishini ko‘rib bundan butun o‘zbek
xalqi faxrlandi.
Bu o‘z navbatida barchamizga ona tilimizni qay darajada ardoqlashimiz va hurmat qilishimiz kerakligini, Ona tilimiz umrboqiy, maʼnaviy-maʼrifiy yuksalishning dadil qadami ekanligini bildiradi.
Shuni taʼkidlab o‘tish joizki, Davlat tilida ish
yuritish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish davlatimiz
tomonidan alohida eʼtiborga olingan hamda bu borada bir qator tegishli
hujjatlar qabul qilinmoqda.
O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro
miqyosdagi obro‘-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan
yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida
tarbiyalash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va
rivojlantirish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik
maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini
belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-
oktabrdagi PF-6084-son Farmoni bilan 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini
rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va uning asosiy
yo‘nalishlari tasdiqlandi.
Kadastr agentligi tomonidan Davlat tilida ish yuritish
va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasida ham islohotlar
amalga oshirib kelinmoqda.
Birinchidan, «Kadastr agentligi, hududiy boshqarmalar
hamda tizim tashkilotlarida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va
mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Kadastr agentligining
buyrug‘i qabul qilinib, ushbu buyruqqa asosan 2021-yil 1-avgustdan boshlab
barcha turdagi ish yuritish hujjatlari, shu jumladan ishlab chiqiladigan va
qabul qilinadigan hujjatlar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida amalga
oshirilmoqda.
Ikkinchidan, ichki va tashqi axborot matnlari hamda
barcha turdagi ish yuritish hujjatlari va blanklari hamda qonunchilik
hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishini taʼminlash
bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruhi tashkil etildi.
Uchinchidan, Kadastr agentligining hududiy
boshqarmalar hamda tizim tashkilotlarida Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar
samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya
etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha alohida masʼul xodimlar belgilandi.
To‘rtinchidan, Vazirlar Mahkamasining davlat tilida ish
yuritish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish dasturlari
doirasida Kadastr agentligi markaziy apparati va tizim tashkilot xodimlari
uchun taqdimot materiallari tayyorlanib, grafik asosida o‘quv-seminarlar
o‘tkazildi.
Beshinchidan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda Davlat tilida ish
yuritish asoslari bo‘yicha Kadastr agentligi va tizim tashkilotlaridan 100
nafar xodim malaka oshirib, Davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha sertifikatga
ega bo‘lishdi.
Oltinchidan, Kadastr agentligini rasmiy veb-sayti va
ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda axborotlar lotin yozuvidagi o‘zbek
alifbosida yuritilmoqda. Joriy yil yakuniga qadar Kadastr agentligining tizim
tashkilotlarining barcha rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi
sahifalari lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosida axborotlar to‘liq yoritilib
boriladi.
Davlat tilida ish yuritish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar har bir Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchining «Inson qadri uchun” tamoyili asosida yanada masʼuliyat bilan faoliyat yuritishga undaydi.
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish,
davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya
etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha Direktor
maslahatchisi Rustamova Zarnigor