"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Turk tilining tadrijiy taraqqiyotidan qisqa lavha


 

Dunyodagi tillar qatori o‘zbek adabiy tili va unga urug‘dosh bo‘lgan turkiy tillar bilan birga o‘zining uzoq tarixiy taraqqiyotiga ega. Bunga ko‘pgina turkiyshunos olimlar turkiy adabiy tillar rivojlanish bosqichini mushtarak obidalarga ko‘ra eng qadimiy davr V-X asrlar deb hisoblasalar, XI-XIV asrlar davrini Yusuf Hos Hojibning “Qutadg‘u  bilig”, Mahmud Qashg‘ariyning “Devonu lug‘at-ut turk”, Xoja Ahmad Yassviyning “Devoni hikmat”, Adib Ahmad Yugnakiynin “Hiybat-ul-haqoyiq” asarlari kitobiy til bilan xalq adabiy tili ta’sirida turkiy tillar rivojlanishi hamda mahalliylashishiga asos solinganligini ta’kidlamoqdalar. SHu bilan birga, mahalliylashish jarayoni turkiy tillarning bir-biridan farqlanishiga olib keldi.
XIV asr oxiri - XIX asr ikkinchi yarmigacha o‘zbek xalqi tilining shakillanish va takomillashish davri bo‘lgan bo‘lsa, XIX asr II yarmi va XX asr boshlarida o‘zbek adabiy tili boyidi va taraqqiy etdi.

Yuqorida ta’kidlanganidik, nafaqat o‘zbek tili, balki yer yuzidagi barcha tillar o‘zining tarixiy taraqqiyotiga ega bo‘lib, hozirgi kunlarda ham zamon va makon boʻyicha tadrijiy taraqqiyoti davom etmoqda.

Yana shuni ta’kidlash o‘rinli-ki, birinch ming yillik davridan e’tiboran Yaqin SHarq va Movarounnahr hududlarida ro‘y bergan birinchi va ikkinchi rennessans jarayonlari qadimgi lotin, yunon va boshqa tillarga ko‘pgina yangiliklar kiritdi. Bunda masalan, ilm-fan rivoji, ilm orqali tillardagi yangiliklar asosida
VIII asrdan arab va boshqa sharq tillarida, Yevropada lotin tili hukmronligidan so‘ng IX asrdan  boshlab hozirgi davrga qadar fransuz, ingliz, ispan va boshqa tillardagi ayrim o‘zgarishlar, yangi so‘z va atamalarning paydo bo‘lishi va hozir ham bu jarayon davom etayotganligini kuzatish mumkin.

Bu o‘rinda, turkiy tillarda XX asr boshlarida eng katta til islohotlaridan bu Ozarbayjonda, Turkiyada va O‘rta Osiyo (Markaziy Osiyo) respublikalarida ro‘y berdi. Ozarbayjon va O‘rta Osiyo respublikalaridagi islohot Sovet Ittifoqi markaziy boshqaruvining siyosatiga ko‘ra atigi 10 yil davom etdi. Bunday islohot bir vaqtning o‘zida Turkiyada ham boshlangan edi. Turkiya Vazirlar Mahkamasi 1928-yil 1-noyabr kuni “Turk harflarini qabul qilish va qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi 1353-sonli Qonuni asosida arab yozuvidan lotin yozuviga asoslangan turk alifbosiga o‘tdi. Qonunda barcha yozishmalarni amalga oshirish, hujjatlarni tayyorlash ishlari 1929-yil 1-iyundan, istisno tariqasida ayrim rasmiy va harbiy sohadagi hujjatlar bo‘yicha yozishmalar 1930-yil 1-iyundan e’tiboran lotin yozuviga o‘tishi belgilandi. Shuningdek, Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk tomonidan 1932-yil 12-iyul kunidan e’tiboran “Turk tili tadqiqotlari jamiyati” tashkil qilindi. Jamiyat o‘sha davrning taniqli tilshunos, adabiyotshunos olimlari va yozuvchilaridan iborat jamoa asosida tuzildi. Jamiyatda til islohoti bo‘yicha 6 ta yonalishda, bular lug‘at, grammatika, yozma manba, filologiya-tilshunoslik, etimologiya, nashr-matbaa masalalarida ishlar olib borish belgilandi.

Ushbu jamiyat 1936-yildan Turk tili muassasi o‘laroq nomlanib, 1981 yilda Otaturk tavalludining 100-yilligi nishonlanishi munosabati bilan “Otaturk nomidagi madaniyat, til va tarix oliy muassasasi” (turkchada – “Atatürk Kültür, Dil ve Tarih Yüksek Kurumu”)  deb nomlandi. Ushbu muassasa “Otaturk tadqiqotlar markazi”, “Turk tili muassasasi”, “Turk tarixi muassasasi” va “Otaturk madaniyat markazi”laridan tashkil topgan bo‘lib, nomidan kelib chiqib tadqiqotlar olib borishi belgilangan.

Bundan “Turk tili muassasasi” quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirmoqda, bular:

1. Dialektshunoslik va amaliyoti bo‘limi;

2. Zamonaviy turk yozma asarlari va amaliyoti bo‘limi;

3. Grammatika va tilshunoslik va amaliyoti bo‘limi;

4. Zamonaviy turkcha lug‘ati va tatbiqi bo‘limi;

5. Tarixiy turk yozma asarlari va amaliyoti bo‘limi;

6. Atamashunioslik va qo‘llash bo‘limi;

7. Turk tili ta’limi, o‘qitish va amaliyot bo‘limi;

8. Turk adabiyoti fani va amaliyot bo‘limi;

9. Tarixiy ommaviy axborot manbalarini o‘rganish bo‘limi;

10. Hattotlik va amaliyot bo‘limi.

SHuningdek, ushbu muassasada amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha komissiyalar tuzilgan, bular:

1. Kompyuterga asoslangan til o‘rganish komissiyasi;

2. Zamonaviy turk yozma tillari nutq qo‘llanmalari komissiyasi;

3. Grammatika va tilshunoslik lug‘ati komissiyasi;

4. Etimologik lug‘at loyihasi ijroiya qo‘mitasi;

5. Faoliyatni baholash komissiyasi;

6. Qiyosiy-zamonaviy turk yozma tili lug‘ati komissiyasi;

7. Kutubxona va qo‘lyozmalar komissiyasi;

8. Maktab lug‘atlari komissiyasi;

9. Usmonli turkcha lug‘at komissiyasi;

10. Loyihani baholash komissiyasi;

11. Tarjima komissiyasi;

12. Turk dunyosi hikoya antologiyasi komissiyasi;

13. Turk adabiyoti shaxslari sammiti komissiyasi;

14. Turkiya turk tarixi lug‘ati komissiyalaridan iborat.

 

Turkiyadagi til islohotiga bir asr bo’layotganligiga qaramay hozir ham tildagi ozgarishlar, tilga yangi ozga tildagi sozlarning kirib kelishi davom etayotganligini kuzatish mumkin. Bunday holatlar asosan zamonaviy axborot texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari, turli nashrlarda chop etilgan nashrlar orqali amalga oshmoqda. Lekin shunga qaramay yuqorida qayd etilgan tashkilot til sofligini saqlash maqsadida tinimsiz ish olib bormoqda. Hatto, eskidan qollanilib kelayotgan arab, fors hamda xalqaro sozlarni ham turkiychaga o‘zgartirish ishlari olib borilmoqda. Masalan,

“alfabe” (ozbekchada - alifbo) sozini turk tili alifbosiga kora “abece” (transkripsiyada - abeje) deb o‘zgartirish;

“animasyon” (ozbekchada - animatsiya) so‘zini turkchaga “canlandırma” (transkripsiyada - janlandirma) deb o‘zgartirish;

“antifiriz” (ozbekchada - antifriz) so‘zini turkchaga “donma önleyici” (transkripsiyada – do‘nma o‘nleyiji) deb o‘zgartirish (o‘zbekchaga tarjimasi – yaxlashni/muzlashni oldini oluvchi);

“arkeoloji” (ozbekchada - arxeologiya) so‘zini turkchaga “kazıbilim” deb o‘zgartirish (o‘zbekchaga tarjimasi – qazilmalar/topilmalar fani);

“noutbuk” (o‘zbekchada - noutbuk) so‘zini turkchaga “dizüstü bilgisayar” deb o‘zgartirish (o‘zbekchaga tarjimasi – tizza usti noutbuk) va shu kabi misollarni ko’plab keltirish mumkin.

 

Xulosa qilganda, ushbu tashkilot turk tilining yozma va og‘zaki manbalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, turk tilining ilm-fan, san’at, adabiyot va ta’lim/o‘qitish tili sifatida rivojlanishini va har sohada to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash etib vazifa qo‘ygan bo‘lsa, bosh maqsad qilib turk tilining boyligini ochib berish, uni dunyo tillari orasida qadrini oshirish, munosib o‘ringa ko‘tarish va turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar o‘rtasida umummuloqot tili darajasiga yetkazishni belgilagan.

 

 

        Habibullo Nurutdinov

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish,

davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga

rioya etilishini ta’minlash masalalari

bo‘yicha maslahatchisi

23.09.2022 1250