"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O‘zbek tilini o‘rganish va o‘rgatishdagi muammolar


Kechmishi olis tarixga borib taqaladigan, o‘zining betakror yozma manbalariga ega bo‘lgan nufuzli tillardan biri bu-o‘zbek tilidir. Bu tilda so‘zlashuvchilarning soni yer yuzida 35 milliondan ortiq kishini tashkil etadi. Darhaqiqat, o‘zbek tili shu kungacha ko‘p ming yillik tarixiy taraqqiyot yo‘lini mardonavor bosib kelmoqda. Eng qadimiy manbalardan tortib, hozirgi davrgacha yaratib kelinayotgan adabiy ifodasi, ma’no qatlamlari, lug‘at tarkibi to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar bera oladi.

O‘zbekning buyuk ma’rifatparvari A.Avloniy: “Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur” deganlarida nechog‘li haq edi. U o‘sha paytda ham tilimiz haqida qayg‘urib, “milliy tilimizni saqlamoq bir tarafda tursin, uni unutib, yo‘qotmoqdamiz” deya jon kuydirga edi.

Xo‘sh bugun ajdodlarimizdan meros milliy tilimizni qay darajada saqlamoqdamiz?

Bosh Qomusimizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”, deb qo‘yilganiga 33 yil to’ldi. Bu yillar o‘zbek tilining jamiyatdagi mavqeini tiklash uchun oz davr emas. Hozirgi kunda bu xususda turli fikr va munozaralar qilinmoqda. Lekin bu munozara va bahslar amalda ham o‘z ifodasini topyabdimi? Ko‘chalardagi, turli muassasalardagi yozuvlarning “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun talablariga mosligini ta’minlash borasidagi ishlar hamon  to‘g‘irlanib kelmoqda. Bularning barchasi o‘zbek tiliga hurmat, ehtiromning faqat qog‘ozlarda ekanligini isbotlaydi. To‘g‘ri, bu borada talay ishlar ham qilinayotir. Ajdodlarimiz merosi o‘rganilib, tadqiq qilinayotir. Lekin barcha ishlarning boshi Ona tiliga hurmat va ehtiromdan boshlanmaydimi? Negaki oramizda hanuzgacha o‘z Ona tilini bilmaydigan, fikrlarini o‘z tilida ravon bayon qila olmaydigan kimsalar bor. Afsuski, bunday kimsalar millat milliyligiga bepisand qarovchilardir.

Menimcha, bugungi kunda talimga, yosh avlodga tilimizni bolalikdan singdirishga etiborni kuchaytirmogimiz zarur. Buning uchun talimning barcha bosqichlarida ozbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal orgatishni yolga qoymogimiz, talimda savodli pedagoglarni bunga targib qilmogimiz darkor. Chunki, ozi yaxshi bilimga ega bolmagan tarbiyachi-oqituvchi kelajak avlodni orqasiga ergashtirmogi gumon.

Yaqinda Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi tarafidan ozbek tilini organish masalalari yuzasidan slaydlar tanlovi otkazildi. Bu tanlov Respublikadagi barcha oqituvchilarni oz ustida ijodiy ishlashga chorladi. Chunki ta’lim jarayonida har bir darsda yangiliklar kiritishi, mavzularning zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilishi, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Tilimiz o‘zbekning o‘ziday qadimiy va barhayotdir! Shuning uchun bugungi kunda dunyo maydonida tik va mag‘rur, qaddi va qadri baland tilimizni asramoq va uni jahonga tanitmoq faqat o‘zimizning qo‘limizda.

2020-yil 23-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75-sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning nutqi o‘zbek tilida, o‘z ona tilimizda olamga taraldi. Bu har bir millatimiz vakilida faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otishi shubhasiz. Ona tili shunchaki so‘zlashuv vositasi emas, balki vatanga muhabbat, milliy iftixor, ajdodlarga hurmat va kelgusi avlodlarimizga izzat ramzi hamdir. Shunday ekan, o‘z tilini asrab-avaylagan xalq millatini, o‘zligini ham asrab avaylagan bo‘ladi.  

 

Tajimuratova Gulsara,

Taxiatosh tumani Xalq talimi Bolimi


tasarrufidagi 2-sonli maktabning ozbek tili oqituvchisi

14.10.2022 753