"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Maqolalar
  • Vikipediyada o‘zbek tilidagi yana bir sahifa yaratildi, bu safar Nariman Narimanov haqida

Vikipediyada o‘zbek tilidagi yana bir sahifa yaratildi, bu safar Nariman Narimanov haqida

2020-yilning aprelida Ozarbayjonning mashhur yozuvchisi va davlat arbobi Nariman Najaf o‘g‘li Narimanovning tug‘ilgan kuniga 150-yil to‘ladi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti taniqli yozuvchining yubileyini nishonlash to‘g‘risidagi tegishli farmonga imzo chekdi.

Hozirgi paytda karantin sharoitida o‘zining virtual faoliyatini kengaytirayotgan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomli Madaniyat markazi taniqli yozuvchi, dramaturg, publitsist va mashhur davlat arbobi Nariman Narimanovning 150-yilligi munosabati bilan Vikipediyada yangi loyihani ishga tushirdi. Vikipediya xalqaro elektron Ensiklopediyasida taniqli yozuvchi va davlat arbobi Nariman Narimanovga bag‘ishlangan o‘zbek tilidagi maxsus bo‘lim yaratildi.

Bo‘limda Nariman Narimanovning hayoti va faoliyati to‘g‘risida batafsil va keng maʼlumot beriladi, uning shifokorlik va siyosiy faoliyati aks etadi, shuningdek, uning hayoti to‘g‘risida qiziqarli hujjat va faktlar taqdim etilgan.

Bo‘limni tayyorlash chog‘ida qator manbalar, kitoblar, ozarbayjonlik olimlar nashrlari, xususan, Gasan Gasanovning “Nariman Narimanovning milliy-davlatchilik qarashlari va faoliyati” nomli asaridan foydalanilgan.

Hujjat va manbalarga tayangan holda bo‘limda birinchi marta Nariman Narimanov va turkiylar olami, davlat arbobining ozarbayjon xalqi oldidagi xizmatlari, uning Ozarbayjonda, so‘ngra Moskvada ishlagan yillari Sovet Rossiyasining Turkiston siyosatiga turli qarashlari, turkiy olami, Turkiyaning xayrixohligi va qo‘lloviga oid maʼlumotlar o‘z ifodasini topgan.

Maʼlumotlar bazasida ilk bor “Nariman Narimanovning Ozarbayjon hududiy yaxlitligi uchun kurashi” nomi ostida maxsus bo‘lim yaratilgan bo‘lib, unda arman millatchilarining G‘arbiy Ozarbayjon yerlari – Irevan tumani, Zangezur, Daralayaz, Geycha, shuningdek, Tog‘li Qorabog‘, Naxichevanga asossiz daʼvolari hamda Nariman Narimanovning mazkur bosqinchilik siyosatiga qarshi kurashi haqida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, og‘ir bolshevistik tizim sharoitida N. Narimanov Ozarbayjon hukumati huquqi cheklanganiga qaramay, hududiy yaxlitlikni saqlab qolishga uringan, bunga qisman erishgan ham.

O‘zbek tilidagi bo‘limda yozuvchi N. Narimanovning asari, falsafiy fikrlari, uning haqidagi filmlar hamda maqolalar berilgan.

“N. Narimanovning merosini o‘rganish va xotirasini abadiylashtirish” deb nomlangan bo‘limda aytilishicha, N. Narimanov to‘g‘risida kitob yozish, uning merosini o‘rganish “Stalin zamoni” davrida taʼqiqlangan bo‘lib, har tomonlama tadqiqot ishlari 1969-yilda hokimiyat tepasiga Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev kelganidan so‘nggina amalga oshirildi, uning xotirasi abadiylashtirildi.

Qayd etish kerak, parallel ravishda ozarbayjon tilidagi bo‘limga ham yangi tayyorlangan axborot kiritilgan.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotga ko‘ra, Vikipediyada yaratilgan N. Narimanov to‘g‘risidagi bo‘lim yozuvchi va yetuk davlat arbobining 150-yilligi munosabati bilan tayyorlangan va O‘zbekiston jamoatchiligiga, jumladan, Ozarbayjon tarixi, adabiyoti bilan qiziqqan tadqiqotchilarga qimmatbaho manba sifatida taqdim etilgan.

14.04.2020 540